Bank omonati (depoziti)

Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
- Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
- Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
- Bank bilan omonatchining omonat qo‘yilgan hisobvaraq bo‘yicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvarag‘i shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qo‘llaniladi.