Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi

Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.
Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:
- statsionar davolanishda bo‘lsa;
- homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa;
- asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;
- bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.