Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish
Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga etguniga qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni
- "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori
- “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash” haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori