Taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma

Taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma
Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Notarial harakatni ishtirokchilari:
- Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
- Meroxo‘rlar Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan bo‘lgan hollarda, ularning qonuniy vakillari ularning nomidan va (yoki) ularning huzurida harakat qilishadi.
Xizmatni olish muddati:
O‘zR Fuqarolik kodeksi
1146-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Solik kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.