Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Hizmatni olish narhi:
- Davlat boji.
- Notarial xarakatlarni amalga oshirishga doim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun.
- Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish uchun.
- Rasmiy blanka uchun to‘lov.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.