Er solig‘i

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan er uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi er solig‘iga tenglashtiriladi. Er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan er uchastkalari uchun er solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.