O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21 dekabrdagi PF-209-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etildi.
2024-yil 1-martdan boshlab «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratishda byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks ettiruvchi quyidagi yangi tartib joriy etildi:
- jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish «mahalla ettiligi»ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi;
- har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablag‘larni taqsimlovchi mas’ul tashkilotlar tomonidan jamg‘armalarda shakllangan mablag‘lar daftarlarga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda tegishliligi bo‘yicha har bir mahalla kesimida taqsimlanadi;
- 5-ilovada keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish «mahalla ettiligi»ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladi;
- va boshqalar
2024-yil 1 yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda «Mahalla byudjeti» tizimi amaliyotga joriy etildi