Davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiya omillarini keskin kamaytirish

Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2021-yildagi PF-6257-son Farmoni qabul qilindi.
Keng jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olib, davlat boshqaruvini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida Agentlik tomonidan «Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri» (Reestr) yuritilishi ta’minlandi.
Reestrga korrupsiya jinoyatlarini sodir etgan shaxslar kiritiladi.
2022-yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etildi.