Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

Talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
- Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq ta’lim sohalarini inobatga olgan holda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun nomli davlat stipendiyalarining tanlov yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
- har yili bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kvotalari bo‘yicha takliflarni oliy ta’lim muassasalari kesimida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib boradi;
- tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.