Bakalavrga qabul qilish

Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
- Qabul kvotalaridan tashqari abiturientlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi ruxsatiga asosan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinadi.
- Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinadi.
Hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning tegishli ta’lim to‘g‘risidagi diplomiga ega bo‘lgan abiturientlar hisobidan amalga oshiriladi.
- Qabul kvotalari tegishli qaror e’lon qilinganda Davlat test markazining saytida joylashtiriladi. Davlat test markazi saytiga kirish uchun ushbu havola o‘ting.
Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.