Yakuniy davlat attestatsiyasi

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tegishli ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin davlat attestatsiyasidan o‘tishlari majburiydir.
Davlat attestatsiyasi ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
- xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin);
- ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo (umumkasbiy va ixtisoslik) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
- diplom loyihasi himoyasi;
- bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.