Maktab bitiruvchilarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish

Maktab bitiruvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiydir.
- Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.
- Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
- Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qo‘shimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin.