O‘quvchilar bilimini baholash

O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish orqali baholanadi:
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
- Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
- O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
- O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.