Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tartibi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korrektsiyalash va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.