Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar

O‘quvchilarni ma’lum fanga bo‘lgan iqtidor va iste’dodini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflar, maktablar (maktab-internat) tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.
- O‘quvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi bo‘yicha bittasidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tanlovlarda to‘plagan balining 10 foizi miqdorida imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida" Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.08.2008-yildagi 173-son
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori bilan tasdiqlangan "Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom"
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori