Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

Gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
2023/2024 o‘quv yilidan:
- bog‘chalarda “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi;
- maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi.
Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.
Mazkur Gimnastika markazlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.
Gimnastika markazlari o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.
- Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.
- Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-selektsioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
2023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.