Shaxmatni ommalashtirish va rivojlantirish

Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichini 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va boshqa boshqarmalarga quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi:
- har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etish;
- «To‘dako‘l» brendini ishlab chiqish va targ‘ib qilish orqali Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ommalashtirish choralarini ko‘rsin.
Shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari.