Ijara shartnomasini bekor qilish

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
- Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini 3 oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.
Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi mumkin.
- Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo‘shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
- Belgilangan tartibga ko‘ra ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
- Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.