“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish

Mahallalardagi xotin-qizlar faoli ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatidan kelib chiqib, «mahalla ettiligi»ning kollegial yig‘ilishiga bir martalik moddiy yordam berish bo‘yicha taklif kiritadi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendarь yili davomida bir marotaba beriladi.
- Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor yolg‘iz onalarga qo‘shimcha moddiy yordam berish choralarini ko‘rib boradi.