Ijtimoiy himoya yagona reestri

«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kirish uchun ariza berish
2024-yil 1 apreldan boshlab «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berildi.
- 2021-yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.