Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga va 18 to‘lmagan OIV infektsiyasi yoki orfan kasalligiga chalingan shaxslarga nafaqalar
Nafaqa miqdori 698 000 so‘mni tashkil qiladi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
- 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi.
- Nogironligi bo‘lgan bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi.
- OIV infektsiyasi yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga nafaqa u 18 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror sudga shikoyat qilish mumkin.
Nafaqa to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda;
- nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan chiqib ketganda;
- nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda;
- ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda.