“Saxovat” internat uylariga qabul qilish
«Saxovat» internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
«Saxovat» internat uylariga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.