Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari to‘lashni tugatish, ushlab qolish yoki to‘xtatib turish

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini to‘lash quyidagi hollarda tugatilish mumkin:
- jamg‘arilgan mablag‘lar batamom tugaganda;
- jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchi jamg‘arilgan summani merosga o‘tkazish maqsadida to‘lovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlagan xolda voz kechganda;
- davlat pensiyasini olish huquqini yo‘qotganda.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini ushlab qolish yoki to‘xtatib turish
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini ushlab qolish yoki to‘xtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonun hujjatlariga muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Undiruvni qarzdorning pensiyasiga qaratish majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi.