Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish tartibi
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya to‘lovlari oluvchi sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega.
Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.
Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olishda tanlash huquqi
To‘lovlarni oluvchilar o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydigan muddat mobaynida har oylik jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olishni yoki jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini bir yo‘la olishni tanlash huquqiga ega.
To‘lov jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilganda yoki u to‘lanmaganda yoxud to‘lov tartibi va uning miqdori bo‘yicha nizoli masalalar paydo bo‘lganda oluvchi tuman (shahar) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga, uning yuqori tashkilotiga, Xalq bankining hududiy boshqarmasiga va boshqaruviga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamidagi mablag‘lar haqida mobil aloqasi orqali ma’lumot beruvchi “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.