Tibbiyot xodimlari

Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida qabulni, qoida tariqasida, oilaviy shifokor amalga oshiradi. U bemorni tor doiradagi shifokorga (lor, okulist, stomatolog, kardiolog, jarroh, nevropatolog, gastroenterolog, ginekolog, pediatr va boshqa) yuborishi mumkin.
Hamshiralar va felьdsherlar shifokorga bemorni davolash bo‘yicha yordam ko‘rsatadilar. Ular asosan bemorning arterial qon bosimi, uning bo‘yi va vaznini o‘lchaydilar, in’ektsiya qiladilar, fizioterapiyani o‘tkazadilar.
Laborantlar shifokorlarga laboratoriya tadqiqoti o‘tkazilishida yordam beradilar.