Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bo‘yicha imtiyozlar

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida quyidagi shaxslarga bepul yordam ko‘rsatiladi
- 1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 2. Chin etimlar;
- 3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
- 6. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
- 7. Chernobilь AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 8. Baynalmilalchi-jangchilar;
- 9. Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
- 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
- 11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
- 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar1;
- 13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar2;
- 14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar3;
- 15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar4;
- 16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari5.
1) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
2) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
3) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
4) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi.
5) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi.