Chet elda turib familiya yoki ismni o‘zgartirish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish uchun shaxs 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 151-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali talab qilib oladi.
- Yig‘ilgan hujjatlar asosida konsul O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi doimiy yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishiga ruxsat berilganligi haqidagi xulosani olishi zarur.
- Ushbu fikr asosida konsul familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida asoslangan xulosa tuzadi va uni yig‘majild bilan birga o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan FHDYo organiga yuboradi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.