Axborotlashtirish nima?

Axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi amalga oshiradi.
- Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
- Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
- Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga kiradi.
Hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuni