Sudlanganlik holatini olib tashlash

Sudlanganlik - shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.
- Shaxs qachon sudlangan deb hisoblanadi?
Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud Jinoyat Kodeksining 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
- Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.