Ish yuritishni to‘xtatib turish

- Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risidagi Plenum qarori
- Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risidagi Plenum qarori