Ish yuritishni tugatish

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat bojini byudjetdan qaytarish to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
- Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
- Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
- Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.