Ish yuritishni tugatish

Ish yuritish sudning ajrimiga binoan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli tugatilsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori. 95-son. 25.10.2019-y.