Ish yuritishni to‘xtatib turish

- Ish yuritishni to‘xtatib turish vaqti
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ish yuritish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.
Ish yuritishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.