Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
- Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.
Konstitutsiyaviy sudga murojaat yozma yoki elektron shaklda yuboriladi. Elektron shaklda yuborilgan murojaat elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
- Fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarida ish sudda ko‘rib chiqilganligi va sudda himoya qilishning barcha shakllaridan foydalanilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
- Murojaatda murojaat qiluvchi ishni hal etish uchun zarur deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.