Mediatorlar
Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.
Professional asosdagi mediator faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini 25 yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Shaxs mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tganidan so‘ng Professional mediatorlar reyestriga kiritiladi.
- mediatorning familiyasi va ismi;
- mediatorning joylashgan yeri va aloqa ma’lumotlari;
- mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
- mediator mediatsiya amalga oshirishga qodir bo‘lgan til haqidagi ma’lumotlar.
- davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs;
- muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs;
- sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
- o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirilayotgan shaxs.
Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.