Bolalar fuqaroligi

Bola - 18 yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar bo‘lgan shaxs.
Quyidagilar 16 yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi pasporti yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.