Chet elga chiqish pasporti

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021-yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qo‘llanilayotgan 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin.
Chet elga chiqish pasporti 10 ish kunida beriladi.
2018-yilning iyunь oyidan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Ular xorijga chiqish vizasini umumiy asosda olishadi. Batafsil havolada tanishing.
2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatililishi amaliyotga to‘liq joriy qilinadi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. PF-5156-son. 16.08.2017-y.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-4079-son. 26.12.2018-y.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-282-son. 16.06.2022-y.