Haqiqiy harbiy xizmat
Haqiqiy harbiy xizmat - chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Harbiy xizmat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Muddatli harbiy xizmat muddati kalendarь hisobida 12 oy etib belgilanadi.
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.
Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.