Vakolatli organlar
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
- Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari