Bojxona imtiyozlari

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024-yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun, agar ularning ishlab chiqarilganligiga 4 yildan ortiq bo‘lmasa hamda «Evro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos kelsa, 2024-yil 1 yanvarga qadar utilizatsiya yig‘imining nolь stavkasi qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1 oktyabrdan boshlab 2024-yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin:
- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
- taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videoo‘yinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.
3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari, kinoekranlar, ob’ektivli, lampali, polyarizatsiya filьtrli raqamli proektorlar, akustika tizimlari va ekran orti karnaylari, professional passiv sabvufer, integratsiya qilingan media server, raqamli proektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar, ovozli protsessor, proektor uchun ob’ektiv, ekranlar uchun yorug‘lik uchlanishning ulьtra yorqin passiv 3D tizimi, 3D ko‘zoynaklarini olib kirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6202-son Farmoni doirasida bojxona boji stavkasining nolь stavkalari tatbiq etiladi.