Ichki turizm

Ichki turizm O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o‘z ichiga oladi.
Mahalliy turist — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.
Subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovi yo‘nalishlarini, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etilgan.
Bunda quyidagilar joriy etilgan:
- maxsus komissiya tomonidan joriy etilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi;
- mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning miqdori BHMning 0,4 foizini tashkil etadi;
- turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya etakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar malakaviy imtihonlarini o‘tkazish 2022-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi;
- davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari Turizm va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ichki va ziyorat turizmi ob’ektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi.
2022-yil 1 sentyabrdan boshlab "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi!
Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
- avia, temir yo‘l va avtobusdan foydalanish;
- joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
- madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.
- Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. PF-6165-son. 09.02.2021-y.
- "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.04.2022-yildagi PQ-232-son