Turizm to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi).
Turist — vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) 24 soatdan ketma-ket 12 oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs.
Gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir.