Ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish

Ovoz berish binolari maxsus ajratilgan joylar bo‘lib, ularda yashirin ovoz berish uchun etarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ularning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib o‘rnatiladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi.
- Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
- Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida 11 kun oldin taqdim etilishi kerak.
Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak.
Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida 10 kun oldin xabardor qiladi.
- O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan erdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati.