Saylovoldi tashviqotini olib borish

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Saylovoldi tashviqoti (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
Noto‘g‘ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
- Tashviqot davrida uni olib borishning taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.