Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan 2 yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.