Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari

Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari
- Reglament yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga) muvofiq loyiha tashkilotlari tomonidan berilgan so‘rovnomaga asosan er maydoni hajmidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar, inshootlar, yakka tartibdagi uy-joylar, ko‘p kvartirali uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlari, gidrotexnika inshootlari va boshqa ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini ko‘rib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
Loyiha-smeta hujjatlari tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyiha-smeta hujjatlarida bino va inshoot hamda yakka tartibdagi uy-joyning umumiy maydoni (kvadrat metr) ko‘rsatilishi kerak.
Ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi er yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyalaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
- Loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan bino-inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish taqiqlanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
- Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish sxemasi