O‘zganing yeridan foydalanish (servitut)

Yer egasi qo‘shni yer egasidan uning yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin ( servitut huquqi ).
Yerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o‘rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.
Servitut to‘g‘risidagi shartnomalar kadastr organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 1 kun davomida, bepul amalga oshiriladi.
Servitut bilan yuklangan yer uchastkasining egasi, servitut o‘rnatilishidan manfaat olgan shaxsdan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun mutanosib to‘lov talab qilishga haqlidir.
Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi.