Xizmatlar uchun haq to‘lash
Iste’molchida individual hisobga olish asboblari bo‘lmasa, bir odamga bir oylik (so‘m/kishi/oy) me’yor doirasida tarif qo‘llaniladi.
Iste’molchilar tomonidan xizmatlar uchun to‘lovlar oy tamom bo‘lgandan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay amalga oshiriladi.
Isitish va issiq suv uchun iste’molchi tomonidan to‘lov cheklashsiz, etkazib beruvchining hisob raqamiga mablag‘ yo‘naltirilgan holda plastik kartochka yoki elektron to‘lovlar tizimi orqali to‘lanishi mumkin.
O‘tgan oydagi issiqlik energiyasi uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yiladi.