Elektr uchun to‘lovni amalga oshirish

Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan yoki oldindan haq to‘lash qurilmasi va hisobga olish priboriga ega bo‘lgan iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berish oldindan to‘langan to‘lov doirasida amalga oshiriladi.
Iste’molchi tomonidan elektr energiyaning haqiqiy sarf hajmi hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Maishiy iste’molchi qarzdor bo‘lib qolsa, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydi.