Qishloq joylaridagi namunaviy arzon uy-joylar qurishda ishtirok etish tartibi

- Qishloq joylaridagi namunaviy arzon uy-joylar qurish tegishli pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi.
- Qishloq joylarida istiqomat qiluvchi, 18 yoshga to‘lgan va uy-joyga muhtoj fuqarolar qishloq joylarida qurilayotgan namunaviy arzon uy-joylarni qurishda ishtirok etishlari mumkin.
- Komissiya tomonidan arizaga taqdim qilingan hujjatlar 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning uy-joyga muhtojligi o‘rganiladi.
- Taqdim qilingan hujjatlar asosida fuqaro uy-joyga muhtoj deb topilganda 1 ish kuni mobaynida yozma tavsiya beradi.
- Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga 1 ish kuni mobaynida yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi).
- Ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab 5 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
- Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
- Fuqarolar tomonidan yozma tavsiya olganlaridan so‘ng “Qishloq qurilish invest” tegishli hududiy filialiga taqdim etishi lozim.
- “Qishloq qurilish invest”ning hududiy filiali yozma tavsiya bergan fuqaro bilan dastlabki shartnomani tuzadi.
- Dastlabki shartnoma tuzilganidan so‘ng fuqaro bankka ipoteka krediti ajratish uchun murojaat qilishlari lozim.
- “Qishloq qurilish invest” MChJning hududiy filiallari bilan havolada tanishing.